Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston SSRda yuz bergan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yoritiladi. Unda urush davri ehtiyojlariga mos ravishda sanoat va qishloq xo‘jaligining qayta tashkil etilishi, aholining va zavod-fabrikalarning keng ko‘lamda evakuatsiya qilinishi, shuningdek, ayollar va yoshlarning iqtisodiy hamda ijtimoiy sohalarga safarbar etilishi tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, urush yillarida O‘zbekistonda yuz bergan madaniy va ta’limiy jarayonlar ko‘rib chiqiladi hamda etnik guruhlararo hamkorlik va ijtimoiy bardoshlilikning shakllanishiga e’tibor qaratiladi. Tarixiy manbalarga tayangan holda, ushbu tadqiqot O‘zbekistonning Sovet harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdagi strategik o‘rnini va milliy safarbarlik hamda fidokorlik davrida yuzaga kelgan uzoq muddatli ijtimoiy o‘zgarishlarni ta’kidlaydi.
Ushbu maqolada tarmoq administratorlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarni aniq qayd etish, ularni kuzatish va tahlil qilish maqsadida TACACS+ (Terminal Access Controller Access-Control System Plus) protokoli asosida monitoring tizimini loyihalash va amaliyotga joriy etish tajribalari ko‘rib chiqiladi. TACACS+ orqali markazlashtirilgan autentifikatsiya, avtorizatsiya va hisobga olish (AAA) xizmatlari yordamida tarmoq xavfsizligini ta’minlashning texnik va tashkiliy jihatlari yoritiladi.
Ushbu maqolada zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida markazlashtirilgan kirishni boshqarish tizimlarida TACACS+ va RADIUS protokollarining autentifikatsiya, avtorizatsiya va hisobga olish (AAA – Authentication, Authorization, Accounting) jarayonlaridagi o‘rni yoritiladi. Protokollarning texnik xususiyatlari, ishlash prinsiplari, afzalliklari va kamchiliklari taqqoslanadi hamda ularning tarmoq xavfsizligini ta’minlashdagi salohiyati tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada bugungi kunda ijtimoiy reklamaning ta’lim tizimidagi ahamiyati, uning maqsadlari, vositalari va samaradorligi tahlil qilinadi. O‘zbekiston ta’lim sohasida ham ijtimoiy reklamalardan foydalanish va bu yo‘ldagi amalga oshirilgan ishlar o‘rganib chiqildi. Shuningdek, ijtimoiy reklama orqali jamiyatda bilimga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirish, o‘quvchilarda o‘qishga qiziqishni oshirish, ota-onalarning mas’uliyatini kuchaytirish masalalari yoritilgan.
This research Islam religion of ideas radicalization through the internet and public information the role of the media learns. Internet and The media, especially the youth generation between information distribution and thoughts in formation important tool as service This will do. work, radical ideas distribution of internet platforms how the use of the media radicalization in the process the impact and this of the process social, political and cultural contexts analysis Also, the internet and Media through being distributed radical ideas and their social consequences thoughts about Research results, radicalization prevent to take for effective strategies working on the way out help to give possible.