TIJORAT BANKLARINING INNOVATSION STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada tijorat banklarining innovatsion strategiyasini shakllantirishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari keng tahlil etilgan. Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda bank xizmatlarini takomillashtirish, mijozlar ehtiyojiga mos raqamli yechimlarni joriy etish, bozor talablariga moslashuvchan yondashuvni shakllantirish zarurati ortib bormoqda. Orient Finans Bank misolida olib borilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, innovatsion yondashuvlar bankning moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash, raqamli xizmatlar orqali mijozlar bazasini kengaytirish va xizmatlar sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Maqolada innovatsion strategiyaning asosiy yo‘nalishlari — mobil va internet-banking, masofaviy xizmatlar, sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarining bank amaliyotiga joriy etilishi asosida tahlil qilingan. Xulosa qismida esa strategik takomillashtirish va doimiy innovatsion rivojlanish uchun tavsiyalar berilgan.


04.04.2025 Volume Issue View more Download
DUNYO TAJRIBASIDA SIYOSIY PARTIYALARNING RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

Maqolada siyosiy partiyalarning zamonaviy jamiyatdagi oʼrni va rivojlanish tendentsiyalari tahlil etiladi. Аsosiy eʼtibor ideologik partiyalarning pragmatik partiyalarga aylanishi, populistik harakatlarning kuchayishi va raqamli texnologiyalarning siyosiy jarayonlarga taʼsiriga qaratilgan. Xalqaro tajribalar asosida siyosiy partiyalarning oʼzgarib borayotgan tabiati va ularning demokratik jarayonlardagi roli koʼrib chiqilgan.


04.04.2025 Volume Issue View more Download
SO‘LAK FASSIYASI MIKROKRISTALLARIDAGI BIOMARKERLARNI ANIQLASH ORQALI BUYRAK TOSH KASALLIGINI ERTA TASHXISLASH

Ushbu maqolada buyrak tosh kasalligi (nephrolithiasis) bilan og‘rigan bemorlarda so‘lak fassiyasi mikrokristallaridagi biomarkerlarni aniqlash orqali erta tashxis qo‘yishning zamonaviy usullari tadqiq etilgan. Tadqiqotda 30-65 yosh oralig‘idagi 150 nafar bemorning so‘lak namunalari polarizatsion mikroskopiya, Raman spektroskopiya, infraqizil spektroskopiya (FTIR) va mass-spektrometriya usullari yordamida tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra, bemorlarning 80% dan ortig‘rog‘i kalsiy oksalat mikrokristallar aniqlangan, bu esa ularning klinik ahamiyatini ko‘rsatadi. So‘lak biomarkerlari tahlillari noinvaziv, tezkor va rentgen-negativ toshlarni aniqlash imkoniyatini beruvchi usul bo‘lib, an’anaviy diagnostika usullari bilan solishtirilganda bir qator afzalliklarga ega.


04.04.2025 Volume Issue View more Download
INFLAMMATION AND IMMUNOLOGICAL MECHANISM IN MYOCARDIAL INFARCTION

This article examines the role of inflammation and immunological mechanisms in myocardial infarction. The results of the study show that inflammation and the immune response in the process of myocardial infarction are a complex, multi-stage process. The inflammatory reaction affects tissue damage in the infarct zone and the remodeling of the heart muscle. At the initial stage, mediators released from damaged cells activate the immune system, which can enhance the processes of necrosis and fibrosis. The immunological response also plays an important role in the cleansing and regeneration of the myocardial infarction site, but excessive inflammation and immune response can increase the risk of heart failure.


04.04.2025 Volume Issue View more Download
SPORTCHILARDA MASHG‘ULOT VA MUSOBAQADAN KEYIN ORGANIZMNI QAYTA TIKLASHDA BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada sportchilarda mashg‘ulot va musobaqadan keyin organizmni qayta tiklashda biologik faol qo‘shimchalarning ahamiyati tahlil qilingan. Sportchilar uchun maksimal natijalarga erishish, jismoniy yuklamalarni engish va tez tiklanish jarayoni juda muhim hisoblanadi. Maqolada biologik faol qo‘shimchalar, ularning turli xil tarkibiy qismlari va organizmga ta’siri haqida so‘z yuritiladi. Bu qo‘shimchalar sportchilarning tiklanish jarayonini tezlashtirish, mushaklar va asab tizimlarini tiklash, energiya miqdorini normallashtirish, shuningdek, umumiy jismoniy salomatlikni yaxshilashga yordam beradi. Ishda biologik qo‘shimchalar yordamida organizmning tiklanishini optimallashtirishning ilmiy asoslari va amaliy usullari ko‘rsatilgan.


04.04.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor