Ushbu maqolada arab tilshunosligining rivoji uchun katta hissa qo‘shgan yurtdoshimiz Mahmud Zamaxshariy, uning hayoti va ijodi asarlari asosan “Al- Mufassal” kitobi xususida yoritiladi. Asar qayerda yozilganligi qanday tartibda berilganligi ya’ni ketma-ketligi haqida fikr yuritiladi. Shuning حرف جر lar haqida ham qisqacha aytib o‘tilgan.
Mazkur maqolada Qoraqalpoq va o‘zbek baxshichilik maktablaridagi ijro mahorati, ustoz-shogird an’anasi, ijrochilik uslublari hamda avlodlar davomiyligi o‘rganiladi. Ustoz-shogird maktabining folklor san’atida tutgan o‘rni, maktablararo o‘xshashlik va farqlar ilmiy-tahliliy jihatdan yoritiladi. Tahlil natijalari baxshichilik san’atining madaniy barqarorligini saqlab qolishdagi asosiy omillarni ochib beradi.
Tug‘ruqdan keyingi psixoz (postpartum psychosis) - bu perinatal davrda uchraydigan og‘ir psixiatrik holat bo‘lib, onaning adekvat ong holatini yo‘qotishi, gallyutsinatsiyalar, deliriy va xatti-harakatlar buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi psixozning klinik ko‘rinishlari, sabablari, oqibatlari, xalqaro tajriba va O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilik doirasidagi yondashuvlar tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada islom dinida tabiat va atrof-muhitga bo‘lgan munosabatning Qur’oni karim asosidagi tahlili yoritiladi. Qur’oni karim oyatlari asosida insonning tabiat oldidagi mas’uliyati, ekologik muvozanatni saqlash borasidagi ilohiy ko‘rsatmalar, isrofgarchilik va ifloslantirishdan tiyilish kabi tamoyillar ilmiy asosda yoritiladi.
Ushbu maqolada tijorat banklarining konsalting xizmatlari bo‘yicha olib borayotgan faoliyati chuqur tahlil qilinib, bu xizmatlarning bank tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Konsalting xizmatlari nafaqat bank mijozlari uchun qo‘shimcha axborot va maslahat manbai, balki banklarning raqobatbardoshligini oshirish, mijozlarga chuqur individual yondashuvni joriy etish hamda yangi daromad manbalarini shakllantirish vositasi sifatida baholangan. Maqolada banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan konsalting xizmatlarining hozirgi holati, rivojlanish darajasi, mavjud infratuzilma, xizmatlar sifati, kadrlar salohiyati va mijozlar ehtiyojlariga javob bera olish darajasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston tijorat banklarida konsalting xizmatlari asosan yirik korporativ mijozlarga qaratilgan bo‘lib, kichik va o‘rta biznes subyektlari hamda jismoniy shaxslar bilan ishlash yo‘nalishi sust rivojlangan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida masofaviy maslahatlar berish tizimlari yetarlicha rivojlanmagan bo‘lib, bu xizmatlarning keng joriy etilishi uchun kadrlar malakasi va texnologik platformalarning rivojlanishi dolzarb masala hisoblanadi.