Mazkur maqolada turizm etikasi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Turizm etikasi — bu sayyohlar, xizmat ko‘rsatuvchilar, mahalliy aholi va ekologik muhit o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar majmui bo‘lib, u o‘zaro hurmat, mas’uliyat, halollik, madaniyatlararo muloqot va adolat prinsiplariga asoslanadi. Maqolada turizmda etik qadriyatlarning sayyohlar va mezbonlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarga, xizmat sifati va mamlakatning xalqaro imijiga ta’siri alohida ta’kidlangan. Ushbu maqolada muallif tomonidan tarixiy va madaniy meros ob’ektlariga nisbatan ehtiyotkorlik, ekologik barqarorlikka e’tibor, xizmat ko‘rsatishdagi madaniyat va mehmondo‘stlik kabi omillar barqaror turizm asosini tashkil etuvchi mezonlar sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, etika va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik, yosh avlodni etik ong asosida tarbiyalash, ta’lim tizimiga etik me’yorlarni kiritish zaruriyati ham tahlil etilgan. Maqola natijasida, turizmda etik yondashuv nafaqat axloqiy, balki ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan ham rivojlanishning muhim omili ekanligi xulosa sifatida ilgari suriladi.
Ushbu maqolada yoshlarni sportga jalb qilishning ahamiyati, maqsadlari, metodlari va usullari tahlil qilinadi. Maqolada yoshlarning jismoniy salomatligi, ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy ko'nikmalari va akademik muvaffaqiyatlari uchun sportning qanday ta'sir ko'rsatishi ko'rib chiqiladi. Sport faoliyati nafaqat jismoniy sog'likni yaxshilash, balki yoshlarni o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish, stressni kamaytirish va jamiyatga moslashishga yordam beradi. Yoshlarni sportga jalb qilish uchun pedagogik yondashuvlar, motivatsiya usullari va sport infratuzilmasi hamda turli xil sport turlari va faoliyatlari muhokama qilinadi. Maqola yoshlarni sportga rag'batlantirishda ishlatiladigan samarali metodlar va usullarni yoritadi, ularni jismoniy va ruhiy salomatlikka erishish uchun qanday samarali vosita sifatida taqdim etadi.
Ushbu maqolada aholini jismoniy tarbiyaga jalb etishning samaradorligini baholash tizimi va uning ahamiyati tahlil qilinadi. Aholini jismoniy tarbiyaga jalb qilish, nafaqat jismoniy sog‘likni yaxshilash, balki ruhiy holatni, farovonlikni oshirish va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham katta hissa qo‘shadi. Maqolada baholash tizimi uchun qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlar, ko‘rsatkichlar va zamonaviy usullar taqdim etiladi. Samaradorlikni baholashda ishlatiladigan metodlar, shu jumladan statistik tahlil, so‘rovnomalar va ko‘rsatkichlar tahlili kabi usullar hamda jismoniy tarbiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Ushbu maqola aholini jismoniy tarbiyaga jalb qilish bo‘yicha samarali tizimlarni yaratishga va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ilmiy asoslarni taqdim etadi.
Ushbu maqolada milliy qadriyatlar asosida vatanparvarlik tarbiyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan. Milliy qadriyatlarning vatanparvarlik ruhini shakllantirishdagi taʼsiri, tarbiya jarayonidagi usullari va zamonaviy yondashuvlar haqida aniq maʼlumotlar berilgan. Shuningdek, bugungi globallashuv sharoitida milliy g‘oya va qadriyatlarni asrash orqali yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash masalalari tahlil etilgan.
Ushbu maqolada jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda ijtimoiy chegirmalarning xalqaro tajribasi o‘rganilgan. AQSh, Yevropa, Sharqiy Osiyo va Skandinaviya mamlakatlari misolida ularning yondashuvlari, soliq siyosatidagi asosiy maqsadlar, chegirmalar shakllari va O‘zbekistondagi amaliyot bilan solishtiruvlar tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston uchun mos takliflar ilgari surilgan.