ZAMONAVIY YOSHLAR VA MILLIY O'YINLARNING AHAMIYATI

Mazkur maqola zamonaviy yoshlarning ko'p vaqtlarini virtual olamda, xususan, jangari va zo'ravonlikka asoslangan kompyuter va telefon o'yinlariga bag'ishlashlari, bu esa ularning ruhiy salomatligi va xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatishi haqida so'z yuritadi. Maqola, yoshlar o'rtasida milliy qadriyatlarni singdiruvchi tarbiyaviy va ma'naviy mazmunli o'yinlarni yaratish zaruratini ta'kidlaydi. "To’maris" o'yini shunday o'yinlardan biri sifatida keltirilib, uning yosh avlod uchun tarixiy bilimlarni oshirishi va vatanparvarlik ruhini singdirishdagi ahamiyati yoritiladi. Mazkur o'yin yoshlarning nafaqat bilim olishlari, balki milliy qadriyatlar va urf-odatlarni anglashlariga yordam beradi. O'yinning maqsadi yoshlarni ma'naviy jihatdan boyitib, ularni milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarashga undashdir.


19.09.2024 Volume Issue View more Download
XO'JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNI MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBINIISLOH QILISH

Ushbu maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy natijalar hisobini takomillashtirish zaruriyati va usullari tahlil qilingan. Moliyaviy natijalarni hisobga olishning dolzarb muammolari, mavjud yondashuvlar va ularni yaxshilash yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Asosiy e'tibor moliyaviy hisobotlar sifatini oshirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarning aniqligini ta’minlash va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zaruriy bo‘lgan moliyaviy tahlillarni amalga oshirish usullariga qaratilgan.


19.09.2024 Volume Issue View more Download
KO'PRIK QURILISH LOYIHALARI BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI TA'MINLASH

Mazkur maqola to’sinli temirbeton ko’priklarning boshqaruvini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Bunda variant loyihasining asosiy maqsadi oraliq qurilmalarning zamonaviy turlari, tayanchlar, poydevorlar asosiy materiallari ko’rsatilgan. Shuningdek, maqolada variantlar taqqoslashni asosiy holatlari va optimal qaror chiqarish, ko’priklarning asosiy sxemalarini misollarda ko’rsatish va chizma hisob tushuntirish xatini ishlab chiqish uchun takliflar kiritilgan.


19.09.2024 Volume Issue View more Download
BOQIY AKS-SADO: ADABIY EPONIMLARGA OID SO‘ZLARNING TIL VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘CHMAS IZI

Ushbu maqola adabiy eponimlar hodisasini o‘rganadi - badiiy asarlardan kelib chiqqan va o‘z asl kontekstidan tashqariga chiqib, umumiy lug‘at tarkibiga singib ketgan atamalar, tushunchalar va personajlar. Turli janrlar va tarixiy davrlardan misollar keltirib, maqola bu eponimlarning paydo bo‘lish jarayonlarini, ularning til va madaniyatga ta’sirini, hamda adabiyotning uzoq muddatli ta’siri haqida bergan ma’lumotlarni tahlil qiladi. Adabiy eponimlarni tanqidiy tahlil qilish orqali, ushbu maqola ular badiiy dunyolar va real hayotdagi muloqot o‘rtasida kuchli ko‘prik vazifasini o‘tashini, so‘z boyligimizni boyitishini, ijtimoiy hodisalarni tushunishimizni shakllantirishini va jamiyatning o‘zgaruvchan qadriyatlarini aks ettirishini ta’kidlaydi.


18.09.2024 Volume Issue View more Download
TERRORIZM- INSONIYAT TINCHLIGI, FAROVONLIGI VA KELAJAGI KUSHANDASIDIR

Ayni vaqtda dunyoning ba’zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o‘z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda» . Yuqorida mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek butun dunyoda terrorizm xavfi mavjud bo‘lib, bu xatar bilan ayovsiz kurash olib borishga va nafaqat o‘zimiz, balki butun millat va ota tuprog‘imizni asrashimiz lozimdir.


17.09.2024 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor