Ushbu maqolada kurashchilarning mushak kuchini darajasini maxsus sport uskunasi orqali aniqlash, mamlakatimizda rivojlangan kurash turlari yani Erkin kurash, Yunon-rum kurashi, Kurash, Belbog‘li kurash, Dzyudo va Sambo kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi malakali kurashchilarni maxsus trenajorlar yordamida kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish samaradorligi ko‘rsatilgan.
Maqolada demokratiya va axborot erkinligi tushunchalari, ularning o’zaro bog’liqligi, zamonaviy demokratik jamiyatdagi o’rni va ahamiyati yoritiladi. Axborot erkinligi cheklanishining oqibatlari, shuningdek, O’zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinadi. Demokratik boshqaruv va fuqarolik jamiyati rivojida axborot erkinligining zaruriy shart ekanligi asoslab beriladi.
Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalar va 3D-modellashtirishdan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Mahalliy tadqiqotchilar ishlari asosida fazoviy tafakkurni rivojlantirish, mustaqil fikrlash va kasbiy raqobatbardoshlikni oshirish omillari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy dasturlardan foydalanishda pedagoglarning malakasini oshirish va texnik infratuzilmani takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan.
Mazkur maqolada tijorat banklarida raqamli depozit xizmatlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning amaliy ahamiyati keng qamrovda tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya jarayonida omonat operatsiyalarining elektron platformalarga o‘tkazilishi bank faoliyatida samaradorlikni oshirishi, mijozlar uchun vaqt va mablag‘ tejalishini ta’minlashi, shuningdek, moliyaviy shaffoflik va hisob-kitoblarning aniqligini kuchaytirishi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, raqamli depozitlar bo‘yicha hisob yuritish mexanizmlari, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS 9) asosida foizlarni hisoblash, risklarni baholash hamda kiberxavfsizlik choralarini qo‘llash masalalari yoritilgan. Xalqaro tajriba, xususan AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida raqamli depozit xizmatlarining qo‘llanilish darajasi, O‘zbekiston amaliyoti bilan qiyosiy tahlil qilinib, so‘nggi yillarda milliy bank tizimida ushbu xizmatlarning jadal o‘sishi raqamlar va statistik ko‘rsatkichlar orqali asoslab berilgan. Shu bilan birga, raqamli depozit xizmatlarining kengayishi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar – infratuzilma yetishmovchiligi, kiberxavfsizlik xatarlarining ortishi va moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi kabi omillar ham batafsil ko‘rib chiqilgan.
Tarixchi olima Dono Ziyaeva oʻz tadqiqotlarida Buxoro shahri toʻgʻrisida qiziqarli ma'lumotlarni keltirib, Buxoro shahri madaniyati, tarixiy obidalari, karvonsaroylari, savdo munosobatlari va boshqa ma'lumotlarni arxiv hujjatlar va manbalar asosida izohlab beradi.