Bugungi kunda, O‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning an’anaviy va noan’anaviy shakllarini qo‘llash, o‘qitishga zamonaviy yondashuvlar asosida shiddat bilan o‘zgarib borayotgan jamiyat talablariga mos ravishda ta’lim sifatini oshirish talab etilmoqda. XXI asrda maktab ta‘limi maqsadlari o‘zgarib, o‘quvchilarda savodxonlik, kompetentsiyalar va shaxsiy sifatlar, fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish ustuvorlik kasb etmoqda. Masofaviy ta’lim texnologiyalari o‘ziga xos afzalliklarga ega. O‘quvchiga qulay sharoit va muhitda ta’lim olish, mustaqil dars qilish vaqti va yo‘nalishini tanlash (videodarslarni takror ko‘rish mumkin) imkonini beradi.
Ушбу мақолада сохамиз ривожига хисса қўшган мохир ва истеъдодли бастакор Шарифжон Акрамов хақида ёзилган бўлиб, унинг ижод йўлидаги қилган мехнатлари, мусиқали драмма театри учун яратган асарлари хақида сўз боради. Хамнафас ишлаган машхур санъат вакилларининг хамкорлигида созандалик, хонандалик, мақом ижрочилик билимларини тезда ўрганади. Ш.Акрамов ва жуда кўплаб ўзбек, тожик, яҳудий ёшлари ана шу ижодий атмосферада тарбияланар, устозлари йўлидан бориб, том маънода миллий маданиятимизнинг ҳақиқий жонкуяр фидоийларига айланган эди. Ўз навбатида бастакор Ш.Акрамов жуда кўплаб санъат фидоийларини тарбиялади, уларни миллий маданиятимизнинг яратувчиларига айлантирди.
Maqom san’ati o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega. Bu tarixni o‘zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkin. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtai nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy-ohang qatlamlarini o‘rganish masalalari tashkil etadi. Tabiiyki, bu davrda hozirda ma’lum tom ma’nodagi maqomlar bo‘lmagan, albatta. Chunki maqom tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ma’lum bosqichi bilan shartlangan.