DAVLATLARNING JAVOBGARLIGI MASALALARIDA XALQARO ODAT HUQUQINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada xalqaro huquq tizimida davlatlarning javobgarligi institutining shakllanishi va unda xalqaro odat huquqining o‘rni tahlil qilinadi. Muallif xalqaro odatlarning manba sifatidagi ahamiyatini, ularning davlat amaliyoti va opinio juris orqali shakllanish mexanizmini yoritadi. Maqolada, shuningdek, BMT xalqaro huquq komissiyasi tomonidan 2001-yilda qabul qilingan “Davlatlarning xalqaro huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi maqolalar” hamda xalqaro sud amaliyotining mazkur sohaga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada xalqaro odat huquqi davlatlarning javobgarligini belgilashda muhim manba sifatida e’tirof etilgan.


30.10.2025 Volume Issue View more Download
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHI-PEDAGOGLARNING HISSIY KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Mazkur maqolada maktabgacha taʻlim tashkilotlarida tarbiyachi-pedagoglarning emotsional kompetentsiyasini shakllantirish mexanizmlari, his-tuygʻularni boshqarish, muloqot, bolalar bilan ishlashda emotsiyaning tarbiyachi-pedagoglar faoliyatidagi oʻrni tahlil qilingan.


28.10.2025 Volume Issue View more Download
ВОЛЕЙБОЛ МАШҒУЛОТЛАРИДА ЖИСМОНИЙ СИФАТЛАР, ТЕХНИК-ТАКТИК ХАРАКАТЛАРНИНГ РИВОЖЛАНИШИ

Мазкур мақолада спорт машғулотларида Волейболчиларнинг техник-тактик харакатларнинг ривожланиш даражасини тиклаш воситалари ҳақида сўз боради. Мақола давомида асосли фикр ва мулоҳазалар бериб ўтилган.


28.10.2025 Volume Issue View more Download
PUL-KREDIT SIYOSATI MILLIY IQTISODIYOT VA JAHON MOLIYA BOZORI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDAGI ROLI

Ushbu maqolada pul-kredit siyosatining milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va jahon moliya tizimidagi o‘zgarishlarga moslashishdagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inflyatsiyani maqsadli boshqarish, foiz siyosatini takomillashtirish va milliy valyuta barqarorligini saqlash borasidagi amaliy chora-tadbirlari o‘rganilgan. Shuningdek, jahon moliya bozorida kuzatilayotgan global inflyatsiya, foiz stavkalarining o‘sishi va geosiyosiy xatarlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri tahlil etiladi. Maqola yakunida mamlakatda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar – raqamli so‘mni joriy etish, foiz siyosatini moslashtirish, bank tizimi likvidligini oshirish hamda xalqaro moliyaviy integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


28.10.2025 Volume Issue View more Download
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINING “TIL VA NUTQ” MARKAZIDA TRANSFORMATSION JARAYONNI TASHKIL ETISH

Bolalar maktab taʼlimiga tayyor boʻlishi uchun ular nafaqat aqliy va ijtimoiy koʻnikmalarga, balki rivojlangan nutq va muloqot qobiliyatlariga ham ega boʻlishi zarur. Bu zarurat Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti”, “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturida aniq belgilangan. Ushbu jihatlar maqolada tahlil qilingan.


28.10.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor