12-14 YOSHLI GANDBOLCHILARNING TEZKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA QO'LLANILADIGAN ESTAFETALAR

Mazkur maqolada 12-14 yoshli gandbolchilarning tezkorligini rivojlantirishda estafeta mashqlarining ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda estafeta mashqlari yordamida sportchilarning tezkorligi va chaqqonligi qanday samarali rivojlanishi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda tajriba va nazorat guruhlari orasidagi farqlar o‘rganilib, maxsus estafeta mashqlarining sportchilarning harakat tezligini yaxshilashga ta'siri haqida natijalar taqdim etilgan.


11.04.2025 Volume Issue View more Download
GANDBOL IXTISOSLIGI TALABALARINING TEXNIK TAYYORGARLIK DARAJASINI NAZORAT VA TAHLIL QILISH

Ushbu maqolada gandbol ixtisosligi talabalarining texnik tayyorgarlik darajasini nazorat qilish va tahlil qilishga qaratilgan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Tajriba davomida ishlab chiqilgan maxsus mashg‘ulotlar dasturi asosida pedagogik tajriba o‘tkazildi. Olingan natijalar texnik harakatlar samaradorligi, ayniqsa to‘pni uzatish, jarima to‘pini uloqtirish va himoyaviy harakatlarda sezilarli o‘sishni ko‘rsatgan.


11.04.2025 Volume Issue View more Download
DASTLABKI TAYYORGARLIK BOSQICHIDA GANDBOLCHILARNING CHIDAMLILIGINI RIVOJLANTIRISH VOSITA VA USULLARI

Mazkur ilmiy ish “Dastlabki tayyorgarlik bosqichida gandbolchilarning chidamlilikni rivojlantirish vosita va usullari” mavzusiga qaratilgan bo‘lib unda, chidamlilikni rivjlantirish borasida olimlarning fikr mulohazalari yuuritilgan. Mavzu yuzasidan tadqiqot ishlari o‘tkazilgan, pedagagik kuzatuv ishlarida asosan matematik- statistika usullaridan foydalanilgan. Dastlabki tayyorlov bosqichida shug‘ullanuvchi gandbolchilarning chidamlilik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha vosita, usullari keltirilgan.


11.04.2025 Volume Issue View more Download
GANDBOL SPORT TURIDA KUCH-CHIDAMLILIGINI OSHIRISH STRATEGIYALARI

Mazkur maqolada gandbol sportida kuch-chidamliligini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqilgan va ularning samaradorligi baholangan. Sportchilarning maksimal kuch, yugurish chidamliligi, dinamik va izokinetik kuch ko‘rsatkichlaridagi o‘sish sur’atlari baholangan.


11.04.2025 Volume Issue View more Download
TAYYORLOV DAVRINING UMUM JISMONIY TAYYORGARLIK BOSQICHIDA AYLANMA MASHG'ULOTNI QO‘LLASH USULLARI VA ULARNI TAHLIL QILISH

Ushbu maqolada gandbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida aylanma mashg‘ulotlarni qo‘llashning usullari va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari, aylanma mashg‘ulot usulining sportchilarning jismoniy sifatlarini, jumladan, tezlik, chidamlilik, kuch va chaqqonlikni rivojlantirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.


11.04.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor