YURIDIK FAOLIYATDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI HUQUQIY HUJJATLAR TAHLILI

Ushbu tadqiqot yuridik faoliyat va sohadagi huquqiy hujjatlar tahlilida sun’iy intellektning ahamiyati, foydalanish tartibi hamda ularning yuridik faoliyatdagi tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada hujjatlarni avtomatlashtirishning asosiy yo‘nalishlari, hujjatlarni tezkor tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanishning yuristlarga foydasi, Jahon va O‘zbekistonda sohada foydalanilayotgan sun’iy intellektlarning samaradorlikka ta’siri kompleks tahlil qilinadi. Maqola doirasida hujjatlar tahlilida, umuman yuridik faoliyatda xalqaro va milliy qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar hamda ularning tahlili haqida muhokama boradi. Natijalar huquqiy hujjatlar tahrirlovchi va tezkor tahlil qiluvchi sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish yuristlar ish samaradorligini sezilarli darajada oshirishini, xizmat sifatini yaxshilashini va xarajatlarni kamaytirishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, moliyaviy to‘siqlar va texnik bilimlar yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar yuridik faoliyatda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga to‘sqinlik qilayotgani ko‘rinadi. Maqola yakunida sun’iy intellekt vositalarini yuridik faoliyatga samarali joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.


28.11.2024 Volume Issue View more Download
SHAXS MA'LUMOTLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY VA TEXNIK JIHATLARI

Bugungi kunda shaxsga oid ma’lumotlar himoyasi har qachongidan ko‘ra dolzarbroq hisoblanadi. Yildan yilga shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlar olib borilmoqda. Ushbu ilmiy maqolada shaxs ma’lumotlarini himoya qilishning zamonaviy usullari, raqamli muhitda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari o‘rganildi.


28.11.2024 Volume Issue View more Download
XALQARO TERRORIZM: XALQARO JINOYAT SIFATIDA HUQUQIY JAVOBGARLIK VA GLOBAL HAMKORLIK

Ushbu maqola xalqaro terrorizmni global xavfsizlik uchun tahdid sifatida ko‘rib chiqadi va unga qarshi kurashish uchun global hamkorlikning zarurligini ta’kidlaydi. Tadqiqot terrorizmni zo‘ravonlik va qo‘rquv orqali siyosiy o‘zgarishlarga erishishga qaratilgan jinoyat sifatida tasniflaydi. Tadqiqotda BMT va Yevropa Ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hujjatlar va qarorlar, terrorizmga qarshi xalqaro hamkorlik choralari, shuningdek, axborot almashinuvi va iqtisodiy choralar orqali milliy xavfsizlik manfaatlariga tahdidlarni kamaytirish yo‘llari o‘rganiladi. Natijalar mintaqaviy hamkorlikning samaraliroq ekanligini ko‘rsatib, davlatlararo axborot almashish tizimini yaxshilash zarurligini isbotlaydi. Undan tashqari, muhokama xalqaro qonunchilik mexanizmlarini zamonaviylashtirish va terrorizmga qarshi yangi texnologiyalarni qo‘llash zaruratini ta’kidlaydi.


27.11.2024 Volume Issue View more Download
ILK O'RTA ASRLARDA ANGLIYANING IJTIMOIY IQTISODIY HAYOTI

Ushbu maqolada ilk o'rta asrlarda Angliyaning ijtimoiy iqtisodiy hayoti haqida so’z yuritilgan va tahlil qilingan. Angliyadagi rivojlanish bosqichlari ko’rib chiqilgan.


27.11.2024 Volume Issue View more Download
XODIMLARNING MEHNAT HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolari tushunchasi va turlari, yakka mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar, yakka mehnat nizolarini ko‘rish va hal etish tartibi, jamoalarga doir mehnat nizolari haqida yoritilgan.


27.11.2024 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor