ICHIMLIK REKLAMALARINING SOTSIOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada ichimlik reklamalarining sotsiopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ichimlik reklamalarida til vositalarining qanday maqsadlarda qo’llanilishi, auditoriya bilan samarali muloqot o’rnatish usullari atroflicha ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari, reklamalarda madaniy qadriyatlar, steriotiplar va iste’molchilar bilan bog’liq kommunikativ strategiyalar qanday aks etishi o’rganiladi. Maqolada ichimlik reklamalari tili va uslubining jamiyatga moslashuvi va uning psixologik hamda lingvistik jihatlari ham yoritib berilgan.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
O'SMIRLARDA O'Z-O'ZINI BAHOLASH MUAMMOSI

Ushbu maqolada o'smirlarda o'z-o'zini baholash muammosi, uning shaxs rivojlanishidagi ahamiyati va uni shakllantirish yo'llari tahlil qilingan. O'z-o'zini baholash shaxsning muhim tarkibiy qismi sifatida o'smirlik davrida faol shakllanadi va keyingi hayot yo'nalishini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada o'z-o'zini baholashning psixologik-pedagogik mohiyati, unga ta'sir etuvchi omillar, o'smirlarda o'z-o'zini baholash muammolari va ularning namoyon bo'lish shakllari, shuningdek, adekvat o'z-o'zini baholashni shakllantirish yo'llari o'rganilgan.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
BANK FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI BANK XIZMATLARINING SIFATINI OSHIRISH YO‘LLARI (“O‘ZSANOATQURILISHBANK” ATB MISOLIDA)

Mazkur ilmiy maqolada bank faoliyatini raqamlashtirish orqali xizmatlar sifatini oshirish masalasi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB misolida o‘rganilgan. Tadqiqot davomida bank tomonidan 2021–2024 yillar oralig‘ida joriy etilgan raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar, internet-banking, onlayn kreditlash, chatbotlar va sun’iy intellekt asosidagi xizmatlarning samaradorligi tahlil qilindi. Statistik ko‘rsatkichlar asosida mijozlar qoniqish darajasining ortishi, xizmat ko‘rsatish tezligi va qulayligi oshgani aniqlangan. Shuningdek, maqolada xizmat sifatini yanada yaxshilash uchun zarur bo‘lgan strategik yo‘nalishlar – shaxsiylashtirilgan xizmatlar, avtomatlashtirish darajasini oshirish va kibermuhofaza choralarini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda bank raqamlashtiruvi orqali xizmatlar sifatini yaxshilashda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
MOLIYA BOZORI TAHLILI ASOSIDA SAMARALI MOLIYAVIY QARORLAR QABUL QILISH

Moliya bozori zamonaviy iqtisodiy tizimlarda investitsiya faoliyati, risklarni boshqarish va kapital resurslarini optimal taqsimlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada moliya bozori tahlili asosida samarali moliyaviy qarorlar qabul qilishning nazariy va amaliy jihatlari chuqur o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — investorlar, kompaniyalar va moliyaviy institutlar uchun moliyaviy qaror qabul qilishda moliya bozorining turli segmentlari (fond bozori, obligatsiyalar bozori, valyuta bozori, derivativlar bozori) tahlilining samaradorligini aniqlashdir. Maqolada fundamental tahlil, texnik tahlil va kvantitativ modellashtirish usullarining afzalliklari, ularning qarorlar sifatiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, so’ngi yillar oralig‘ida O‘zbekiston moliya bozorining asosiy statistik ko‘rsatkichlari tahlil etilib, fond bozorida IPOlar sonining ortishi, valyuta kursining barqarorligi va moliyaviy xizmatlar sifati bo‘yicha o‘sishlar qayd etilgan. Ushbu tahlillar asosida investorlar va boshqaruv subyektlari uchun strategik qarorlar qanday shakllanishi mumkinligi ko‘rsatib berilgan. Maqola yakunida esa raqamli texnologiyalarning (AI, Big Data, Fintech) moliyaviy tahlil vositalariga ta’siri va ularning qaror qabul qilishda kelajakdagi roli yoritilgan.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA RAQAMLI MARKETINGDAN FOYDALANISH INNOVATSION YONDASHUVLARI VA YO'NALISHLARI

Mazkur maqolada globallashuv va raqamlashuv jarayonlari tadbirkorlik faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi, ayniqsa, raqamli marketing imkoniyatlari orqali mahsulot va xizmatlarni jahon bozoriga olib chiqish omillari ko’rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalar vositasida tadbirkorlar mijozlar bilan yaqin aloqada bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda qanchalik muhim ekanligi tahlil qilingan. Bu maqolada Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmanistonda tadbirkorlikda raqamli marketingdan foydalanishning innovatsion yondashuvlari va yo‘nalishlari tahlil qilingan.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor