Maqolada Yangi O‘zbekiston davrida oliy ta’lim muassasalarining tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqilligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalarning tutgan o‘rni atroflicha tahlil qilinadi. Xususan, so‘nggi yillarda qabul qilingan strategik qarorlar, raqamli boshqaruv tizimlari, moliyaviy monitoring vositalari va xalqaro tajriba asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud muammolar, istiqbolli yo‘nalishlar va takliflar asosli ravishda bayon etiladi.
Mazkur ilmiy maqolada para taekvondo sport turi doirasida sportchilarning oyoq zarbalaridagi tezkorlikni oshirishda zamonaviy metod va vositalarning o‘rni atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda 16–22 yosh oralig‘idagi nogironligi bor sportchilar ishtirokida eksperimental mashg‘ulotlar o‘tkazilib, zarba tezligi, aniqligi va mushak faolligining o‘zgarish dinamikasi kuzatildi. Treninglarda plyometrik yuklamalar, reaksiya tezligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar, video-analiz, hamda audiovizual stimulyatorlardan foydalanildi. Natijalar sportchilarning zarba berish texnikasi, koordinatsiya va motivatsiya darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Tadqiqot asosida para taekvondo sportchilari uchun individuallashtirilgan va moslashtirilgan trening dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur maqolada 1868–1917 yillar oralig‘ida Samarqand viloyatida yuz bergan madaniy jarayonlar tahlil qilinadi. Rus imperiyasi tarkibiga qo‘shilishdan so‘ng hududda yuzaga kelgan ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, yangi ta’lim tizimi, matbuot, teatr va boshqa madaniy institutlarning shakllanishi va ularning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri yoritilgan.