В статье анализируются особенности авторской языковой картины мира в романе Е. И. Замятина «Мы». Основное внимание уделяется роли языка в формировании антиутопической модели общества, основанной на абсолютизации разума и коллективного сознания. Рассматриваются лексико-семантические и стилистические средства, отражающие процессы рационализации речи, обезличивания личности и переоценки ценностей. Показано, что языковая картина мира в романе носит динамический характер и изменяется по мере внутренней трансформации главного героя. Делается вывод о том, что язык в произведении выполняет концептуально значимую функцию, позволяя раскрыть философско-идеологический замысел автора и его критическое отношение к тоталитарным моделям мышления.
Mazkur maqolada ushlab turilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarni tergov hibsxonalarida saqlash tizimining shakllanishi va rivojlanishining tarixiy bosqichlari tadqiq etilgan. Jamiyatda jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olish nuqtayi nazaridan qamoqqa olish institutining evolyutsiyasi, turli tarixiy davrlardagi qonunchilik asoslari va penitensiar tizimdagi islohotlar qiyosiy tahlil qilingan.
Mazkur tadqiqotda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash sohasini bashorat qilishning (predictive policing) innovatsion ilmiy-amaliy modeli ishlab chiqilgan. Modelning asosini kriminogen vaziyatni uzluksiz monitoring qiluvchi raqamli maʼlumotlar bazalari (Big Data), sunʼiy intellekt algoritmlari va mahalliy boshqaruv tuzilmalarining oʻzaro integratsiyasi tashkil etadi. Ushbu modelni amaliyotga joriy etish orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini reaktiv usuldan proaktiv (ehtimoliy xavfni oldindan aniqlash va bartaraf etish) bosqichga olib chiqishning strategik yechimlari asoslab berilgan.
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning transformatsiya jarayoni zamonaviy tarixiy yondashuv asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda mustaqillikdan keyingi davrda, ayniqsa 2016-yildan boshlab amalga oshirilgan keng ko‘lamli siyosiy, huquqiy va ijtimoiy islohotlarning davlat boshqaruvi tizimiga hamda jamiyat hayotiga ta’siri ochib beriladi. Maqolada “davlat — jamiyat uchun” va “inson manfaatlari ustuvor” tamoyillarining shakllanishi, davlat hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash mexanizmlarining joriy etilishi, fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, jamoatchilik nazorati, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat o‘rtasidagi vositachi sifatidagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini, mazkur transformatsiya demokratik jamiyat qurish, huquqiy davlatni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotga erishishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.
Мазкур параграфда Ўзбекистонда суд–пробация тизимида жиноятчиликнинг “рақамлилашуви” шароитида профилактика самарадорлигини таъминлаш масалалари илмий-амалий жиҳатдан таҳлил қилинади. Ахборот технологияларидан фойдаланиб содир этиладиган жиноятлар (киберфирибгарлик, онлайн талон-торож қилиш ва ҳ.к.) ортиб бораётгани фонида озодликни чеклаш жазосини ижро этишда анъанавий офлайн назорат индикаторларига суяниш “кўринмас рақамли девиация”ни барвақт аниқлаш имкониятини чеклаётгани асосланади. Суд амалиётида интернетдан фойдаланишни чеклаш чорасининг (ЖК 45-модда) қўлланилмаслиги ҳамда “E-probatsiya” риск баҳолаши реал киберхатарлар билан мос келмаслигига доир кейс орқали тизимли узилишлар очиб берилади. Хулосада назорат предметини офлайндан онлайн риск профилига кенгайтириш, чекловларни индивидуаллаштириш ва рақамли мониторинг механизмларини ҳуқуқий жиҳатдан мустаҳкамлаш йўналишлари таклиф этилади.