BANKLAR VA KRIPTOVALYUTALAR: O'ZARO MUNOSABATLAR VA XAVF-XATARLAR

Ushbu maqolada an’anaviy moliyaviy institutlar — banklar bilan yangi raqamli moliyaviy vosita sifatida shakllanayotgan kriptovalyutalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar har tomonlama yoritilgan. Kriptovalyutalarning tarqalishi moliyaviy xizmatlar sohasida yangi imkoniyatlar bilan birga, bank tizimi uchun muayyan tahdidlar va tartibga solish muammolarini ham yuzaga keltirmoqda. Maqolada banklar va kriptoaktivlar o‘rtasidagi raqobat va hamkorlik aspektlari, transchegaraviy to‘lovlar, blokcheyn texnologiyasining bank amaliyotiga ta’siri hamda ushbu jarayondagi asosiy xavf-xatarlar chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston moliyaviy sektorida kriptovalyutalarga nisbatan shakllanayotgan siyosat va huquqiy asoslar ham ko‘rib chiqilgan.


07.08.2025 Volume Issue View more Download
DIABET MELLITUS VA UNING ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI

Diabet mellitus – bu insulin yetishmovchiligi yoki organizm to‘qimalarining unga nisbatan sezuvchanligining pasayishi natijasida yuzaga keladigan surunkali metabolik kasallik bo‘lib, doimiy giperglikemiya bilan kechadi. Ushbu maqolada diabetning tasnifi, etiologiyasi, patogenezi, klinik ko‘rinishlari va asoratlari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy davolash yondashuvlari – insulin terapiyasi, og‘iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik dorilar, inkretin asosidagi terapiya, SGLT2 ingibitorlari va istiqbolli hujayra hamda gen terapiyalari haqida ma’lumot berilgan. Kasallikni boshqarishda hayot tarzini o‘zgartirish, parhez terapiyasi va profilaktika choralarining ahamiyati alohida ta’kidlangan.


07.08.2025 Volume Issue View more Download
STRESS BILAN BOG‘LIQ YURAK KASALLIKLARI: PSIXOSOMATIK YONDASHUV

Ushbu maqolada stressning yurak-qon tomir tizimiga ta’siri va psixosomatik yondashuvning ahamiyati tahlil qilingan. Surunkali stress yurak kasalliklarining, xususan gipertoniya, yurak ritm buzilishlari va ishemik yurak kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Psixosomatik yondashuv va stressni boshqarish usullari yurak sog‘lig‘ini saqlashda samarali profilaktik choralar hisoblanadi.


07.08.2025 Volume Issue View more Download
БАСЛАЎЫШ КЛАСС ОҚЫЎШЫЛАРЫНЫҢ РУЎХЫЙ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ ӨЗГЕШЕЛИКЛЕРИН АНЫҚЛАЎДЫҢ ПЕДАГОГИКАЛЫҚ МАЗМУНЫ

Макалада баслаўыш класс оқыўшыларының руўхый интеллектуал өзгешеликлерин анықлаўда баслаўыш класс оқытыўшысы ўазыйпары, руўхый интеллектуал өзгешеликлерин қәлиплестириўдиң нәтийжели усыллары сөз етиледи.


07.08.2025 Volume Issue View more Download
LEGALTECH VA YURIDIK XIZMATLARNING EKOLOGIK JIHATLARINI YAXSHILASH

Ushbu maqolada legal tech texnologiyalarining yuridik xizmatlar sohasidagi ekologik jihatlarini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli yechimlarning huquqiy xizmatlar ko‘rsatishda atrofmuhitga ta’sirini kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada ekologik yuridik xizmatlarni rivojlantirish yo‘nalishlari, qog‘ozsiz texnologiyalar, masofaviy xizmatlar va "yashil" huquqiy amaliyot tamoyillari yoritilgan.


07.08.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor