Ushbu maqolada yoshlarning o‘quv faoliyatida motivatsiyaning o‘rni, uning mazmun-mohiyati va ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Motivatsiyaning ichki va tashqi turlari, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini shakllantiruvchi omillar hamda motivatsiyaning akademik muvaffaqiyat bilan bog‘liqligi yoritib berilgan. Shuningdek, oilaning, o‘qituvchining, tengdoshlar muhitining va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining motivatsiyaga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqolada A. Maslow, D. McClelland, L. Vygotskiy va boshqa olimlarning motivatsiyaga oid ilmiy qarashlari tahlil qilinib, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, yoshlarning o‘quv faoliyatidagi motivatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Ushbu maqolada mijozlar bilan ishlash tizimining iqtisodiy mohiyati va korxona faoliyatidagi ahamiyati chuqur o‘rganib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, samarali mijozlar bilan ishlash tizimini joriy etish korxonalarda mijozlar ehtiyojlarini aniq aniqlash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xaridorlar sodiqligini mustahkamlash hamda daromad va raqobatbardoshlikni sezilarli darajada yuksaltirishga sababchi bo‘ladi. Shu bilan birga, zamonaviy axborot texnologiyalari, raqamli platformalar va mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish vositalari orqali korxonalarning bozor talablariga moslashuvchanligi, boshqaruv samaradorligi va strategik qarorlar qabul qilish imkoniyatlari kengayadi. Tadqiqot korxona rahbariyati, xodimlar va mijozlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik hamda mijozlarga yo‘naltirilgan boshqaruv tamoyillari ushbu tizimning natijadorligini yanada oshirishini isbotlaydi. Mijozlar bilan ishlash tizimini korxona faoliyatida muntazam takomillashtirib borish barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga, mijozlar bazasini kengaytirishga va korxonaning bozordagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Visseral semizlik bugungi kunda metabolik sindrom, 2-tur qandli diabet va yurak-qon tomir patologiyalarining rivojlanishida asosiy xavf omillaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Visseral yog‘ to‘qimasi oddiy energiya zaxirasi emas, balki faol endokrin organ bo‘lib, metabolik jarayonlarni boshqaruvchi biologik faol moddalarni ishlab chiqaradi. Ushbu maqolada visseral semizlik sharoitida insulin signalizatsiyasining buzilishi, adipokinlar muvozanatining o‘zgarishi, surunkali yallig‘lanish va lipid almashinuvining izdan chiqish mexanizmlari tahlil qilindi. Adabiyotlar asosida visseral yog‘ to‘qimasining metabolik sindrom patogenezidagi markaziy o‘rni yoritildi.
This study is aimed at evaluating the effectiveness of probiotic use after antibiotic therapy in women with bacterial vaginosis (BV). The clinical observation was conducted in women’s health institutions in Andijan region. A total of 62 women participated in the study. In the experimental group, probiotics were administered after antibiotics, whereas the control group received antibiotics only. The results of the 6-month follow-up showed that symptoms disappeared more rapidly in the probiotic group, the vaginal microflora was restored, and the recurrence rate of the disease was significantly reduced. The findings indicate that the use of probiotics in the treatment of BV is effective in the conditions of Uzbekistan and that their introduction into clinical practice is advisable.
Bul maqalada oqıwshılarda ushrasatuǵın agressiv minez-qulıqtıń psixologiyalıq ózgeshelikleri, onıń payda bolıw sebepleri hám rawajlanıw faktorları sáwlelendirilgen. Mektep jasındaǵı balalardıń minez-qulıqındǵı agressiyanıń túrleri, onıń shaxs qalıplesiwine hám oqıw procesine tásiri tahlil etiledi. Sonday-aq, oqıwshılardaǵı agressiyanıń aldın alıw hám onı korreksiyalaw boyınsha psixologiyalıq usıllar hám usınıslar islep shıǵılǵan.