Mazkur maqolada konstruktivistik yondashuv asosida o‘zbek tili darslarida talabalarning ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim modelining samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy oliy ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlashi, ijtimoiy mas’uliyati va axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqot jarayonida pedagogik tajriba-sinov ishlari olib borilib, tajriba va nazorat guruhlari natijalari qiyosiy-statistik tahlil qilindi. Ishlab chiqilgan ta’lim modeli muammoli vaziyat yaratish, interfaol metodlardan foydalanish, matn asosida axloqiy tahlil tashkil etish hamda refleksiv faoliyatni yo‘lga qo‘yishga asoslandi. Tadqiqot natijalari konstruktivistik yondashuv talabalarning axloqiy tushunchalarni anglash darajasi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, ijtimoiy faolligi hamda qadriyatlarga ongli munosabatini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.
The article scientifically highlights the pedagogical foundations, structural elements, and effectiveness of the "Versatile" methodology in developing productive communication skills in English among preschool preparation group children. It is emphasized that the methodology aligns with children's natural language acquisition process due to its basis in play, musical-motor, and role-play activities.
This article presents an analysis of the current state of gastronomic tourism in Uzbekistan, as well as a study of the gastronomic tourism market abroad. In addition, a marketing study of the gastronomic sector in Uzbekistan has been carried out. The opportunities and prospects for the development of gastronomic tourism in the country are considered.
Yumshoq to‘qimalar plastikasida innovatsion yondashuvlar stomatologik jarrohlikda estetik va funksional natijalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada lazer texnologiyalari, biomateriallar, mikrojarrohlik, CAD/CAM va tissue engineering usullarining afzalliklari, klinik qo‘llanilishi va istiqbollari tahlil qilinadi. Klinik misollar orqali innovatsion yondashuvlarning samaradorligi ko‘rsatilib, ularning afzalliklari va cheklovlari muhokama qilinadi.