Ushbu maqolada qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonining atrof-muhitga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri tahlil qilingan. Sement, g‘isht, metall va boshqa qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish natijasida atmosferaga chiqadigan zararli moddalarning miqdori, tabiiy resurslarning kamayishi hamda chiqindilarning ortishi ekologik muammolarni keltirib chiqarayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada ekologik xavfni kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari — resurslarni tejaydigan texnologiyalar, qayta ishlangan materiallardan foydalanish, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish va muqobil energiya manbalaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijasida qurilish sohasida “yashil texnologiyalar”ni joriy etish atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim omil ekanligi ta’kidlangan.
Ushbu maqolada qurilish sohasida innovatsion menejment va raqamlashtirish jarayonlarining ahamiyati, ularning tarmoq samaradorligi hamda boshqaruv tizimlariga ta’siri yoritilgan. Qurilish jarayonlarini zamonaviy IT-texnologiyalar asosida tashkil etish, avtomatlashtirish va sifat nazoratini takomillashtirish orqali resurslardan oqilona foydalanish, inson omilini kamaytirish hamda shaffoflikni oshirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan “Raqamli O‘zbekiston– 2030” strategiyasi doirasidagi islohotlar, BIM, GIS, va IoT kabi raqamli tizimlarning amaliy qo‘llanilishi misolida qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotda innovatsion yondashuv va menejmentning samarali integratsiyasi qurilish sohasining barqaror rivojlanishi uchun muhim omil sifatida baholangan
Ushbu maqolada shahar yo‘lovchi transporti tizimini modernizatsiya qilishda aqlli transport tizimlarini joriy etishning tashkiliy va iqtisodiy jihatlari tahlil qilinadi. Transport infratuzilmasining samaradorligini oshirish, yo‘lovchi oqimlarini boshqarish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda raqamli texnologiyalar hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining o‘rni yoritilgan.
Ushbu maqolada raqamlashtirish jarayonining mehnat faoliyatiga, inson omilining ahamiyatiga va ijtimoiy tizimlarga ta’siri tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va raqamli texnologiyalar natijasida inson ishtirokining qisqarishi jamiyatdagi kasbiy moslashuv, ijtimoiy tengsizlik va bandlik muammolariga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani o‘rganilgan. Tadqiqotda aralash metodlar — sotsiologik so‘rov, ekspert intervyu va qiyosiy tahlil usullari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamlashtirish ijtimoiy tizimlarni modernizatsiya qilayotgan bo‘lsa-da, u yangi ijtimoiy muvozanat muammolarini ham yuzaga keltirmoqda. Shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida inson kapitalini rivojlantirish va yangi ijtimoiy moslashuv mexanizmlarini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan.