Ushbu maqolada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy mexanizmlar tahlil qilingan. Ishlab chiqarish samaradorligi – bu korxonaning mavjud resurslardan eng oqilona tarzda foydalanib, yuqori natijalarga erishish qobiliyati sifatida izohlanadi. Tadqiqot davomida samaradorlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan mehnat unumdorligi, texnologik yangilanishlar, investitsiya salohiyati, raqobat muhiti va resurslar sifati keng ko‘lamda o‘rganilgan. Maqolada fiskal va monetar siyosat, soliq va subsidiya tizimi, shuningdek, investitsiya hamda innovatsiyalarni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil etiladi. Shuningdek innovatsiyalarni ragʻbatlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, malaka oshirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va raqobatni kuchaytirish kabi yoʻnalishlarning amaliy ahamiyatiga urgʻu berilgan. Tadqiqot natijalari ishlab chiqarish jaroyinini takomillashtirish, resurslardan samarali foydalanish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada daromadlar tengsizligi va kambag’allik o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hamda ularni kamaytirishning samarali yo’llari tahlil qilinadi. Maqolada ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikning asosiy sabablari,aholi daromadlari taqsimotidagi nomutanosiblik hamda ularning iqtisoyiy o’sishga ta’siri yoritilgan.Shuningdek ,xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida kambag’allikni qisqartirishga qaratilgan davlat siyosati tahlil qilinib,O’zbekiston sharoitida ularni qo’llash imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.
Ushbu maqolada mintaqaviy iqtisodiyotning hozirgi davrdagi dolzarb muammolari, ularning kelib chiqish sabablari hamda iqtisodiy rivojlanishdagi nomutanosibliklar tahlil qilinadi. Shuningdek, hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni, raqamli texnologiyalarni joriy etish, klasterlashuv va “aqlli hudud” (Smart Region) konsepsiyasining samaradorligi yoritilgan. Muallif tomonidan mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlovchi innovatsion yechimlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
В статье рассмотрены основные тенденции цифровой экономики в Узбекистане. Описываются цифровые стратегии по использованию новых технологий в вузах. Рассмотрена цифровая трансформация университета как стратегический процесс комплексных организационно-технических преобразований.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat, maishiy va qishloq xo‘jaligi chiqindilarining iqtisodiyotga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda chiqindilar hajmi, ularni qayta ishlash darajasi hamda chiqindilarning iqtisodiy samaradorlikka qo‘shayotgan hissasi tahlil qilindi. Statistik ma’lumotlar asosida chiqindilarning ekologik va iqtisodiy oqibatlari baholandi hamda chiqindilardan iqtisodiy resurs sifatida foydalanish istiqbollari yoritildi.