AKADEMIK MANERA VA ZAMONAVIY INDIVIDUAL YONDASHUV: RANGTASVIR VA QALAMTASVIRDA USLUBLAR EVOLYUTSIYASI

Maqolada akademik manera va zamonaviy individual yondashuv, shuningdek rangtasvir va qalamtasvirda uslublar evolyutsiyasi haqida o‘rganib chiqildi. Mavzu yuzasidan aniq ma’lumotlar keltirili va tahlil qilindi.


10.03.2025 Volume Issue View more Download
JADIDCHILIK VA JADIDLARNING ILM-MA’RIFAT YO’LIDAGI HARAKATLARI

Mazkur maqolada jadidchilik harakatining mazmuni, mohiyati va uning xalq ma’naviyatini oshirishdagi roli hamda jadidchilik oqimi namoyandalarining faoliyati, ilmiy-ma’rifiy qarashlari va taqdiri haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalr keltiirb o’tilgan.


10.03.2025 Volume Issue View more Download
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING BADIIY-ESTETIK QARASHLARI VA ULARNING O'ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDAGI O'RNI

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning badiiy-estetik qarashlari va ularning o'zbek adabiyotshunosligidagi o'rni tadqiq etiladi. Bobur ijodining estetik qiymatini belgilovchi asosiy xususiyatlar, uning she'riyat, nasr va adabiy tanqidga qo'shgan hissasi ko'rib chiqiladi. Shuningdek, Bobur qarashlari va adabiy merosining zamonaviy o'zbek adabiyotshunosligiga ta'siri hamda uning global adabiy merosga qo'shgan hissasi tahlil qilinadi.


10.03.2025 Volume Issue View more Download
TERMIN VA TERMINOLOGIYA: NAZARIY ASOSLAR VA YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada termin va terminologiya tushunchalarining nazariy asoslari hamda ularni tadqiq etish usullari yoritiladi. Termin atamasining paydo bo‘lishi va uning ilmiy adabiyotda izohlanishi jarayoni tahlil qilinadi. Shuningdek, turli olimlar tomonidan ilgari surilgan termin haqidagi fikrlar, ularning yondashuvlari va nazariy qarashlari ko‘rib chiqiladi. Terminlarning shakllanishi, rivojlanishi va ularning fan tarmoqlarida tutgan o‘rni muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari termin yaratish va ularni me’yorlash jarayonlarini ilmiy asosda takomillashtirishga xizmat qiladi.


10.03.2025 Volume Issue View more Download
BIZNES MAQSADLARGA ERISHISH UCHUN XODIMLARNI RAG‘BATLANTIRISH USULLARINI O‘RGANISH

Mazkur ilmiy maqolada biznes maqsadlarga erishishda xodimlarni rag‘batlantirish tizimining roli, uning samaradorligi va amaliy ahamiyati o‘rganiladi. Rag‘batlantirish tizimi xodimlarning mehnat unumdorligi, tashabbuskorligi va sadoqatini oshirishda asosiy omil sifatida ko‘rib chiqilib, uning turli shakllari – moddiy, nomoddiy va ijtimoiy rag‘batlantirish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqotda motivatsiya strategiyalarining biznesning barqaror rivojlanishiga ta’siri, samarali boshqaruv mexanizmlarining rag‘batlantirish tizimidagi o‘rni hamda innovatsion yondashuvlar bilan bog‘liq jihatlar yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xodimlarning ishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kadrlar oqimini kamaytirish va korxonaning strategik maqsadlariga tezroq erishish uchun kompleks rag‘batlantirish tizimi yaratish zarurligi aniqlangan. Shuningdek, samarali rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, xodimlarning ehtiyojlariga mos moslashuvchan tizimlarni joriy etish va individual yondashuvni qo‘llash muhimligi ta’kidlanadi. Ilmiy ish natijalari korxonalar va tashkilotlar uchun amaliy tavsiyalar shaklida bayon etilib, xodimlarni motivatsiya qilish orqali mehnat samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar taklif etiladi. Mazkur tadqiqot biznes boshqaruvi, inson resurslari menejmenti va korporativ strategiya sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.


10.03.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor