Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev ijodining bugungi kundagi ahamiyati, uning asarlarida inson ruhiyati, milliy qadriyatlar va hayot haqiqatining badiiy aks etishi tahlil qilinadi. Yozuvchining asarlari zamonaviy o‘quvchi uchun ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qilishi yoritiladi.
Mazkur maqolada fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining nazariy-huquqiy asoslari, ularning demokratik jamiyatdagi o‘rni hamda O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish jarayonlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari chuqur tahlil etiladi. Shuningdek, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Prezident farmonlari va siyosiy islohotlar asosida ilmiy xulosalar chiqariladi.
Ushbu maqola nemis romantizmining yetakchi vakili E.T.A. Hoffmanning "Qum odam" (Der Sandmann) asarida tush va voqelik o‘rtasidagi chegara, subyektiv idrok hamda "dahshatli g‘ayritabiiylik" (unheimlich) konsepsiyasini tadqiq etadi. Tadqiqotning maqsadi — bosh qahramon Natanielning ichki dunyosidagi psixologik jarayonlar qanchalik darajada obyektiv borliqni inkor etishini va romantik dunyoqarashdagi "ikki dunyolik" (Doppelgängertum) tushunchasini ochib berishdan iborat. Metodologiya sifatida qiyosiy-adabiy tahlil va Freydning psixoanalitik yondashuvidan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Hoffmann asarda tushni shunchaki tungi tasavvur emas, balki inson ongostidagi qo‘rquvlarning moddiylashgan shakli sifatida namoyon etadi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, muallif voqelikning nisbiyligini isbotlash orqali romantik realizmning o‘ziga xos modelini yaratgan.
Мазкур мақолада электрон ва рақамли далиллар тушунчасининг назарий-ҳуқуқий жиҳатлари таҳлил қилинган. Муаллифлар томонидан миллий ва хорижий қонунчилик, шунингдек, ҳуқуқшунос олимларнинг қарашлари асосида электрон ва рақамли далилларнинг мазмун-моҳияти, ўзига хос хусусиятлари ҳамда ўзаро фарқлари очиб берилган. Шунингдек, амалдаги қонунчиликдаги мавжуд бўшлиқлар танқидий таҳлил қилиниб, уларни бартараф этиш бўйича илмий асосланган таклифлар илгари сурилган.