Ushbu maqolada hozirgi kun yoshlar modasida tarbiya masalalari, uning ijtimoiy, estetik va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada yoshlar modasidagi trendlar va libos tanlovi orqali axloqiy qadriyatlar, madaniy me’yorlar va shaxsiy uslubni shakllantirish jarayonlari yoritilgan.
Ushbu maqolada masofaviy ta’lim sharoitida mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni loyihalashtirishning nazariy-metodik asoslari, texnologik yondashuvlari va didaktik talablari chuqur tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim platformalari imkoniyatlari, o‘qitishning interaktiv usullari, kontent tanlash va tuzish prinsiplari, baholash mezonlari hamda amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, loyihalash jarayonida uchraydigan muammolar, texnologik xatolar va ularning bartaraf etish mexanizmlari, mutaxassislikka oid real case-study tahlillari keltiriladi. Maqola yakunida masofaviy amaliy mashg‘ulotlarning istiqbollari va ta’lim sifatiga ta’siri bo‘yicha xulosalar berilgan.
В статье рассматриваются основные грамматические категории и особенности структурной организации английского глагола. Исследование опирается на аналитический, сопоставительный и контекстуальный методы. Особое внимание уделяется роли временно-видовых форм, механизмам образования залога, а также функционированию неличных форм глагола. Новизна работы заключается в комплексном авторском рассмотрении взаимодействия морфологической структуры глагола и его синтаксических функций с элементами английского оригинального анализа. Полученные результаты демонстрируют, что глагольная система английского языка обладает многоуровневым характером, сочетающим аналитические и частично синтетические элементы.
Ushbu maqolada temperament mavzusining dastlabgi ta’limoti va uning asoschisi Gippokratning qarashlari, temperament xususiyatlarini ilmiy izohlab bergan olim I.I.Pavlovning yondoshuvlari, temperamentning nerv-fiziologik va psixologik asoslari o’rtasidagi farqlar, uning biologik va neyrofiziologik mexanizmlari, shuningdek, zamonaviy ilmiy yondashuvlar tahlil qilinadi. Temperamentning shaxs rivojlanishi, emotsional barqarorlik va ijtimoiy moslashuv jarayonlariga ta’siri mavjud ilmiy adabiyotlar asosida yoritiladi.
Ushbu maqolada atmosfera havosining ifloslanishi, uning asosiy manbalari va inson salomatligiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari ilmiy asoslangan holda tahlil qilingan. Tadqiqotda sanoat korxonalari, transport vositalari, energetika sohasi va maishiy faoliyat natijasida yuzaga kelayotgan ifloslantiruvchi moddalarning ekologik tizimga ta’siri batafsil yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida atmosferaning ifloslanishi bilan bog‘liq muammolar, Aralbo‘yi hududidagi ekologik vaziyat, havoning sifatini yaxshilashga qaratilgan davlat siyosati va amalga oshirilayotgan zamonaviy ekologik loyihalar tahlil qilingan. Maqola atmosfera ifloslanishini kamaytirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanishga erishish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.