23.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11
Abstract. Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tashkilotlarida pedagogik kadrlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari va innovatsion metodik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Pedagogik ijodiy salohiyatning motivatsion, kognitiv, ijodiy faoliyatli, refleksiv va kommunikativ komponentlari o‘zaro bog‘liq tizim sifatida asoslangani o’rganildi. Pedagoglarning kasbiy rivojlanishida muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, Design Thinking, Action Research, Lesson Study, mentorlik va refleksiv portfolio metodlarining imkoniyatlari tahlil qilingan.
Keywords: pedagogik kadrlar, ijodiy salohiyat, pedagogik kreativlik, kasbiy rivojlanish, innovatsion faoliyat, refleksiv kompetensiya, integrativ metodika, loyiha metodi, pedagogik hamkorlik.