14.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11
Abstract. Maqolada raqamli muhitda oliy ta’lim xizmatlari brend-menejmentining nazariy asoslari, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi raqobat sharoitlari va oliy ta’lim tashkilotlari (OTM) brendini boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Tahlil mamlakatda internet qamrovi 89,0 foizga yetgani, ijtimoiy tarmoq auditoriyasi bir yilda 41,7 foizga o‘sgani va OTMlar soni 215 taga yetganini ko‘rsatdi. OTM brendini boshqarishning olti bosqichli sikl modeli taklif etildi, raqamli brendni baholash uchun ERR, ER, SOV, NPS ko‘rsatkichlari va integral raqamli brend indeksi ifodalari keltirildi. Shartli OTM misolida kompleks choralar integral indeksni 0,44 dan 0,80 gacha oshirishi mumkinligi hisoblab ko‘rsatildi.
Keywords: oliy ta’lim, brend-menejment, universitet brendi, raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlar, Telegram, jalb etish koeffitsiyenti, sof tavsiya indeksi, brend indeksi, raqamli kommunikatsiya.