11.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11
Abstract. Mazkur maqolada bokschilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda zamonaviy mashg‘ulot metodlari va vositalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, boks mashg‘ulotlarida interval, aylanma, plyometrik va funksional mashq usullarining ahamiyati, ularning sportchilarning kuch, tezkorlik, chidamlilik va koordinatsiya sifatlarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Mashg‘ulot jarayonida zamonaviy texnologiyalar, individual yondashuv va jismoniy yuklamalarni nazorat qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Keywords: Jismoniy tayyorgarlik, zamonaviy mashg‘ulot metodlari, sport mashg‘ulotlari, tezkorlik, kuch, chidamlilik, koordinatsiya, funksional tayyorgarlik, interval mashg‘ulotlari.