09.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11
Abstract. Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqiy-ritmik faoliyatni raqamli ta’lim resurslari asosida tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari, metodik yondashuvlari va samarali usullari yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali bolalarning musiqiy eshitish qobiliyati, ritmni his etishi, ijodkorligi, harakat muvofiqligi va estetik didini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarda interaktiv multimedia vositalari, animatsiyalar, audio va videomateriallar hamda raqamli musiqiy o‘yinlardan foydalanish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: maktabgacha ta’lim, musiqiy-ritmik faoliyat, raqamli texnologiyalar, multimedia, interaktiv ta’lim, musiqiy tarbiya, ritm, musiqiy qobiliyat, innovatsion metodika, raqamli resurslar.