07.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11
Abstract. Maqolada Abdulhamid Choʻlponning «Kecha va kunduz» romanidagi Zebi obrazi psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Qahramon taqdiri misolida XX asr boshidagi Turkiston jamiyatida Sharq ayolining ijtimoiy mavqei, uning oila va jamiyat zugʻumi ostidagi ruhiy holati yoritiladi. Zebining qoʻshigʻi, sukuti va ichki kechinmalari orqali yozuvchining erk konsepsiyasi qanday badiiy ifoda topgani ochib beriladi. Shuningdek, Zebi fojiasining Razzoq soʻfi, Qurvonbibi, Akbarali mingboshi va kundoshlar obrazlari bilan bogʻliqligi koʻrsatiladi.
Keywords: Choʻlpon, «Kecha va kunduz», Zebi, Sharq ayoli, fojia, erk, psixologizm, jadid adabiyoti, ramziy obraz, ruhiy tahlil.