07.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11
Abstract. Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarining Filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishi talabalarida ingliz tilida yozish (Academic Writing) kompetensiyasini shakllantirishda generativ sun'iy intellekt vositalaridan (ChatGPT, Claude hamda Grammarly) foydalanishning didaktik imkoniyatlari va cheklovlari talaba nigohi hamda empirik kuzatuvlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti (NamDCHTI) Filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishi talabalarining akademik esse, maqola va kurs ishlarini yozish jarayonida sun'iy intellekt platformalaridan foydalanish tajribasi o'rganilgan. Shuningdek, kognitiv dangasalik, akademik halollik (plagiat) va mustaqil fikrlashning susayishi kabi xavflarni bartaraf etish uchun "AI-Assisted Process Writing" metodik modeli taklif etilgan.
Keywords: yozish ko'nikmasi (Writing), generativ sun'iy intellekt, ChatGPT, Claude, Grammarly, NamDCHTI, filologiya va tillarni o'qitish, didaktik imkoniyatlar, akademik halollik.