ONA TILI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI O'QUVCHILARNING NUTQINI RIVOJLANTIRISH

30.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10

Abstract. Maqolada ona tili darslarida matn ustida ishlash orqali o'quvchilar nutqini rivojlantirishning metodik asoslari, usullari va shartlari tahlil qilinadi. Matn bilan ishlash o'quvchilarning lug'at boyligi, bog'lanishli nutqi, mantiqiy va tanqidiy fikrlashini shakllantiruvchi asosiy vosita sifatida ko'rib chiqilgan. Savol-javob, tahliliy va qiyosiy ishlash, qayta hikoyalash, ifodali o'qish, guruhli muhokama hamda interfaol metodlar (klaster, aqliy hujum, Venn diagrammasi, sinkveyn, keys-stadi) nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirish nuqtai nazaridan umumlashtirilgan. Maqolada o'qituvchi nutqining roli, nutq muhiti va nutqiy xatolarni tuzatishga yondashuv yoritilgan, mavzu bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Keywords: Ona tili; matn ustida ishlash; nutq o'stirish; bog'lanishli nutq; lug'at boyligi; interfaol metodlar; ifodali o'qish; qayta hikoyalash; nutqiy kompetensiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor