31.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10
Abstract. Ushbu maqolada Samarqand shahrida jamoat transportining qulayligini oshirish xususiyatlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda jamoat transporti qamrovi, avtobus va elektrobuslar parkini yangilash, tramvayning yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlari, bekatlar infratuzilmasi, alohida avtobus yo‘laklari, elektron to‘lov va raqamli monitoring kabi omillarning transport xizmatlari sifatiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. 2026-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida 342 ta yo‘nalishda 2 826 ta jamoat transporti vositasi faoliyat yuritib, 1 095 ta MFY jamoat transporti bilan qamrab olingan va qamrov darajasi 97 foizga yetkazilgan. 2022–2026-yillarda 280 ta yangi zamonaviy avtobus, jumladan 112 ta elektrobus xarid qilingan. Samarqand tramvay tizimida esa 2024-yilda 3 mln yo‘lovchi tashilgan. Mazkur ko‘rsatkichlar asosida jamoat transportining tezkorligi, ishonchliligi, xavfsizligi, ekologikligi va yo‘lovchi uchun qulayligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Keywords: Samarqand shahri, jamoat transporti, avtobus, elektrobus, tramvay, yo‘lovchi oqimi, transport qulayligi, GPS monitoring, elektron to‘lov, bekat infratuzilmasi.