24.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10
Abstract. Maqolada suv tanqisligi sharoitida sholining (Oryza sativa L.) “Sadaf” va “Lazurniy” navlarining gullash davridagi bayroq bargi suv rejimi ko‘rsatkichlari (umumiy suv miqdori, transpiratsiya jadalligi, suv saqlash qobiliyati) hamda quruq biomassa to‘planishi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ikkala navda ham umumiy suv miqdori yuqori va teng darajada (94,2–94,3%) saqlangani holda, “Sadaf” navida transpiratsiya jadalligi (398,5 mg H₂O/g·soat) va suv ushlash xususiyati (suv yo‘qotish ko‘rsatkichi 55,2%) “Lazurniy” naviga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. “Lazurniy” navi esa bayroq bargining quruq og‘irligi (14,1 mg) bo‘yicha ustunlik ko‘rsatib, yuqori agrofon va maqbul sug‘orish tartibiga talabchan intensiv nav sifatida tavsiflanadi. “Sadaf” navi esa kuchli ildiz tizimi va morfo-fiziologik moslashuvchanligi hisobiga suv tanqisligi stressiga yuqori bardoshlilik namoyon etdi.
Keywords: Oryza sativa L., bayroq barg, suv tanqisligi, transpiratsiya jadalligi, suv saqlash qobiliyati, quruq biomassa.