PUBLITSISTIK MATNLARDA PLEONAZM VA TAVTOLOGIYA: TIL IQTISODI VA USLUBIY TA’SIR MUAMMOLARI

21.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10

Abstract. Mazkur maqolada publitsistik matnlarda pleonazm va tavtologiya hodisalari lingvistik va uslubiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi – ommaviy axborot vositalari materiallari asosida ushbu hodisalarning qo‘llanish xususiyatlarini aniqlash, ularning nutq sifatiga ta’sirini baholash hamda publitsistik matnlar sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, unda pleonazm va tavtologiya publitsistik nutqda ikki tomonlama – salbiy va ijobiy uslubiy vosita sifatida kompleks yondashuv asosida baholanadi hamda ularning qo‘llanish sabablariga tizimli izoh beriladi.

Keywords: publitsistik uslub, pleonazm, tavtologiya, nutq madaniyati, til iqtisodi, OAV tili.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor