17.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10
Abstract. Maqolada huquqiy ongning mohiyati, uning huquqiy madaniyat bilan aloqasi va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan. Konstitutsiya tushunchasining kelib chiqishi va jahon davlatlarida qabul qilinishi, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 1992-yilda qabul qilinishi hamda 2023-yilgi referendum orqali kiritilgan o‘zgartirishlar tahlil qilingan. Shuningdek, LexUZ milliy ma’lumotlar bazasi, onlayn davlat xizmatlari va 2019-yil 9-yanvardagi Prezident farmoni asosida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlarga huquqiy tarbiya berishga qaratilgan islohotlar bayon etilgan.
Keywords: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik, Konstitutsiya, qonun ustuvorligi, huquqiy tarbiya, LexUZ, demokratik jamiyat.