XVIII ASRDA BUXORO DAVLATCHILIGINING TRANSFORMATSIYASI VA “KATTA O‘YIN” DAVRIDA TASHQI SIYOSATI: TURK TARIXSHUNOSLIGI TALQINIDA

13.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10

Abstract. Ushbu maqolada XVIII asrda Buxoro davlatchiligida yuz bergan siyosiy o‘zgarishlar, Ashtarxoniylar sulolasining inqirozi, Mang‘itlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi hamda XIX asrda “Katta o‘yin” sharoitida Buxoro amirligining tashqi siyosati zamonaviy turk tarixshunosligi materiallari asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi, Buyuk Britaniya, Usmonli imperiyasi va Afg‘oniston bilan munosabatlari, davlat mustaqilligini saqlashga qaratilgan diplomatik harakatlari hamda mintaqaviy geosiyosiy jarayonlarning amirlik siyosiy taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi. Turk tadqiqotchilarining qarashlari asosida Buxoro amirligi faqat yirik imperiyalar manfaatlari to‘qnashgan hudud emas, balki murakkab xalqaro vaziyatda o‘z siyosiy manfaatlarini himoya qilishga intilgan davlat sifatida baholanadi.

Keywords: Buxoro amirligi, turk tarixshunosligi, Mang‘itlar sulolasi, Ashtarxoniylar, Amir Shohmurod, Amir Nasrulloh, “Katta o‘yin”, Rossiya imperiyasi, Buyuk Britaniya, Usmonli imperiyasi, tashqi siyosat, geosiyosat, diplomatiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor