13.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10
Abstract. Mazkur maqolada davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilishning xalqaro-huquqiy asoslari, ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan huquqiy muammolar hamda chegara nizolarini hal etishda xalqaro sud amaliyotining ahamiyati tahlil qilinadi. Xalqaro sudning Burkina-Faso va Mali, Benin va Niger, shuningdek, Burkina-Faso va Niger o‘rtasidagi chegara nizolari bo‘yicha qarorlari asosida huquqiy titul, tarixiy-ma’muriy hujjatlar, kartografik materiallar va texnik dalillarning huquqiy ahamiyati o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida delimitatsiya va demarkatsiya jarayonlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash, chegara to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarning aniqligini oshirish hamda qo‘shma chegara komissiyalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.
Keywords: davlat chegarasi, delimitatsiya, demarkatsiya, xalqaro huquq, huquqiy titul, uti possidetis juris, xalqaro shartnoma, kartografik dalillar, Xalqaro sud, chegara nizolari.