KIBERFIRIBGARLIK BILAN KURASHISH: MILLIY MUAMMOLAR VA XALQARO AMALIYOT

09.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10

Abstract. Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida sodir etilayotgan firibgarlik (kiberfiribgarlik) jinoyatlarining yuridik tabiati, jinoyat tarkibi belgilari va ularga qarshi kurashishdagi milliy muammolar tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi uchinchi qismi “g” bandi, Oliy sud Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-son qarori tushuntirishlari, kiberfiribgarlikni axborot tizimiga ruxsatsiz kirib sodir etilgan o‘g‘rilikdan farqlash mezonlari, “drop” hisobvaraqlar va kripto-aktivlar orqali mablag‘larni legallashtirish, elektron dalillarni to‘plash masalalari yoritilgan. Budapesht va Xanoy konvensiyalari, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Bolgariya va Rossiya Federatsiyasi tajribasi qiyosiy-huquqiy usulda o‘rganilib, milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

Keywords: kiberfiribgarlik, kiberjinoyatchilik, kompyuter firibgarligi, aldash, ishonchni suiiste’mol qilish, axborot tizimi, kvalifikatsiya, drop karta, kripto-aktivlar, raqamli dalillar, texnologik neytrallik, Budapesht konvensiyasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor