INTERTEKSTUALLIK NAZARIYASI: M.BAXTIN DIALOGIZMI, YU.KRISTEVA, R.BART, J.JENETT TASNIFLARI VA ULARNING O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA QO‘LLANILISHI

07.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10

Abstract. Maqolada intertekstuallik nazariyasining M.Baxtin dialogizmidan Yu.Kristeva, R.Bart va J.Jenett konsepsiyalarigacha bo‘lgan tadriji qiyosiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Nazariyalar subyekt maqomi, matn chegarasi, munosabat birligi va o‘quvchi roli mezonlari asosida taqqoslanib, ularning “keng” (ontologik) va “tor” (tahliliy) modellarga ajralishi asoslanadi. Jenettning transtekstuallik tasnifi Sharq mumtoz poetikasidagi talmeh, tazmin, iqtibos, nazira, taxmis va sharh bilan funksional muvofiqlashtiriladi. O‘zbek tadqiqotlari tahlili asosida atamaning haddan tashqari kengaytirilishi xavfi ko‘rsatilib, ikki bosqichli tahlil modeli taklif etiladi.

Keywords: intertekstuallik, dialogizm, polifoniya, o‘zga so‘z, transtekstuallik, gipertekst, paratekst, nazira, talmeh, o‘zbek adabiyotshunosligi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor