HOZIRGI O‘ZBEK ADABIYOTI YANGI JANRLARINING SHAKLLANISHIDA JADID ADABIYOTINING AHAMIYATI

25.09.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 9

Abstract. Ushbu maqolada XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotida yuzaga kelgan janriy yangiliklar hamda ularning shakllanishida jadid adabiyotining tutgan o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, she’riyatda barmoq vaznining keng qo‘llanilishi, nasrda hikoya, qissa va roman janrlarining shakllanishi, publitsistik yo‘nalishning rivojlanishi hamda dramaturgiyaning vujudga kelishi jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, jadid ma’rifatparvarlarining milliy adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ularning yangi adabiy janr va shakllarni rivojlantirishdagi faoliyati hamda ijodiy izlanishlari tahlil qilinadi. Jadid adabiyotida ilgari surilgan ma’rifat, milliy uyg‘onish, taraqqiyot va ijtimoiy ongni yuksaltirish g‘oyalarining adabiy jarayonga ta’siri ochib beriladi. Maqolada jadid adabiyotida shakllangan badiiy-estetik tamoyillarning keyingi davr, xususan, hozirgi o‘zbek adabiyotidagi janriy izlanishlarga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida jadid adabiyoti o‘zbek milliy adabiyotining yangilanishi va zamonaviy janrlar tizimining shakllanishida muhim adabiy-tarixiy omil bo‘lgani asoslab beriladi.

Keywords: jadid adabiyoti, jadid ma’rifatparvarlari, janriy yangiliklar, o‘zbek adabiyoti, milliy uyg‘onish, nazm, barmoq vazni, nasr, hikoya, qissa, roman, drama, dramaturgiya, publitsistika, adabiy jarayon, badiiy-estetik qarashlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor