15.09.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 9
Abstract. Mazkur maqolada budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash xarajatlari ustidan davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Yo‘l xo‘jaligiga yo‘naltirilayotgan davlat moliyaviy resurslarining hajmi ortib borayotgan sharoitda mablag‘lardan maqsadli, qonuniy, tejamkor va natijador foydalanishni ta’minlash masalalari tahlil qilingan. O‘zbekistonda 2024–2025-yillarda amalga oshirilgan yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlari, davlat auditi natijalari hamda yo‘l infratuzilmasini moliyalashtirish amaliyotidagi mavjud muammolar o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida yo‘l qurilishi xarajatlari ustidan moliyaviy nazoratni riskka asoslangan audit, masofaviy nazorat, raqamli monitoring, geoaxborot texnologiyalari, mustaqil texnik nazorat hamda natijadorlik auditi asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: davlat budjeti, yo‘l qurilishi, budjet xarajatlari, davlat moliyaviy nazorati, davlat auditi, moliyaviy audit, samaradorlik auditi, davlat xaridlari, risk-tahlil, raqamli nazorat, avtomobil yo‘llari.