ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATIDA JAMOAT TARTIBINI SAQLASH SOHASIDAGI MAVJUD MUAMMOLARNING TIZIMLI TAHLILI

25.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4

Abstract. Mazkur tadqiqotda ichki ishlar organlari faoliyatida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash yo‘nalishida uchrayotgan amaliy, huquqiy va tashkiliy-boshqaruv muammolari tizimli tahlil qilingan. Huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, kriminogen vaziyatni nazorat qilish va bo‘linmalararo (shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari bilan) o‘zaro hamkorlikni ta'minlashdagi kamchiliklar o‘rganilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarni bartaraf etish, tizim faoliyatini raqamlashtirish va xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimlar taklif etilgan.

Keywords: jamoat tartibi, ichki ishlar organlari, tizimli tahlil, mavjud muammolar, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqbuzarliklar profilaktikasi, kriminogen vaziyat, tashkiliy-boshqaruv kamchiliklari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor