24.08.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 8
Abstract. Mazkur maqolada davlat oila siyosatining demografik xulq-atvorga ta'siri Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi misolida tahlil qilinadi. So'nggi qirq besh yil davomida Xitoy "bir farzand siyosati"dan "uch farzand siyosati"gacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi, biroq bu davlat siyosati tug'ilish darajasini kutilgan darajada boshqara olmadi. Maqolada davlat demografik siyosatining reproduktiv xulq-atvorga ta'sir mexanizmlarini institutsional-tarixiy tahlil asosida aniqlanadi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, institutsional tahlil va tarixiy-genetik yondashuv qo'llanildi, bu esa 1949–2026 yillar oralig'idagi siyosat bosqichlarini yaxlit tizim sifatida ko'rib chiqish imkonini berdi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, qat'iy cheklovchi siyosatning demografik xulq-atvorga ta'siri katta bo'lsa-da, uni bekor qilish orqali tug'ilishni tiklash ancha murakkab va uzoq muddatli jarayondir. Maqolaning amaliy ahamiyati past tug'ilish tendensiyasiga duch kelayotgan mintaqaviy davlatlar uchun siyosat saboqlarini shakllantirishdan iborat.
Keywords: oila siyosati, demografik xulq-atvor, pronatalist siyosat, bir farzand siyosati, uch farzand siyosati, demografik xavfsizlik, aholi boshqaruvi, Xitoy.