21.08.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 8
Abstract. Ushbu maqolada amerikalik yozuvchi va ekzistensial psixoterapiya nazariyotchisi Irving Yalomning badiiy nasri ekzistensial falsafa nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Yalom o'zining klinik-nazariy asarlarida ilgari surgan to'rtta "tub muammo" — o'lim, ozodlik, yolg'izlik va ma'nosizlik — tushunchalari uning badiiy asarlarida qanday obrazli ifodalanishi masalasi ko'rib chiqiladi. Maqolada "Nitsshe yig'lagach", "Spinoza muammosi", "Shopenhauer davosi" romanlari hamda "Sevishdan davolash" hikoyalar to'plami misolida yozuvchining "o'qituvchi roman" (teaching novel) deb atalgan janr tajribasi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Yalom nasrida falsafiy tafakkur bilan badiiy tasvirning uzviy bog'liqligi asoslanadi.
Keywords: Irving Yalom, ekzistensial psixoterapiya, ekzistensial motivlar, o'qituvchi roman, o'lim motivi, yolg'izlik, ozodlik, hayot ma'nosi, amerikalik nasr.