DINIY-TASAVVUFIY ASARLARDA RUHIY QUVVATNING BADIIY TALQINI (IBN SINO “AN-NAFSIYA” (RUH HAQIDA), JALOLIDDIN RUMIY “MASNAVIY MA’NAVIY”, IMOM G‘AZZOLIY “KIMYOYI SAODAT”, MASHRABNING “MABDAYI NUR” ASARLARI MISOLIDA)

13.08.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 8

Abstract. Mazkur maqola diniy-tasavvufiy asarlarda ruhiy quvvatning badiiy talqini masalasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada insonning ruhiy-ma’naviy olami, ruh, qalb, nafs, ishq, ma’rifat, nur, saodat va komillik kabi tushunchalarning diniy-tasavvufiy tafakkur hamda badiiy matndagi mazmuniy-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ruhiy quvvatning insonning ichki dunyosi, ma’naviy poklanishi, o‘zligini anglashi va komillikka intilishi bilan bog‘liq holda badiiy ifodalanish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot obyekti sifatida Abu Ali ibn Sinoning “An-nafsiya” (“Ruh haqida”), Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy”, Imom G‘azzoliyning “Kimyoyi saodat” hamda Mashrabning “Mabdayi nur” asarlari tanlangan.

Keywords: diniy-tasavvufiy adabiyot, ruhiy quvvat, ruh, qalb, nafs, ishq, ma’rifat, nur, saodat, komillik, ruhiy kechinma, ma’naviy kamolot, badiiy talqin, tasavvufiy tafakkur, poetik obraz, ramz, timsol, metafora, konsept.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor