IQTISODIY NIZOLARNI HAL ETISHDA RAQAMLI DALILLARNING TAVFSIFI

12.08.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 8

Abstract. Mazkur maqolada iqtisodiy nizolarni hal etishda raqamli dalillarning o‘rni, ularning huquqiy tabiati va sud amaliyotidagi ahamiyati tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron hujjatlar, elektron yozishmalar, bank tranzaksiyalari, audio-video yozuvlar hamda boshqa elektron ma’lumotlarning dalil sifatida qo‘llanish xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida raqamli dalillarni to‘plash, saqlash, tekshirish va baholash bilan bog‘liq nazariy hamda amaliy muammolar yoritilgan. Shuningdek, milliy va xorijiy tajribalar asosida iqtisodiy sud ish yurituvida raqamli dalillardan foydalanishning zamonaviy tendensiyalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli dalillarning huquqiy maqomini takomillashtirish, ularni baholashning yagona mezonlarini ishlab chiqish hamda sud amaliyotiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish iqtisodiy nizolarni samarali hal etishning muhim omillaridan biri ekanligi asoslab berilgan.

Keywords: iqtisodiy nizo, raqamli dalil, elektron hujjat, elektron dalillar, sud amaliyoti, iqtisodiy sud, elektron tijorat, axborot texnologiyalari, elektron raqamli imzo, isbotlash jarayoni.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor