30.07.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 7
Abstract. Fizika fanini o‘qitishda nazariy bilimlarni amaliy kuzatishlar bilan bog‘lash o‘quvchilarda ilmiy tafakkurni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, suyuqliklar mexanikasiga oid Paskal va Arximed qonunlari o‘z mohiyatiga ko‘ra tajriba orqali osonroq anglashiladigan mavzulardandir. Mazkur maqolada ushbu qonunlarni tajriba asosida o‘qitishning metodik yondashuvlari tahlil qilinadi hamda dars jarayonida oddiy laboratoriya jihozlari yordamida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarning didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, tajribalarni tashkil etishda o‘quvchilarning kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Maqolada keltirilgan metodik tavsiyalar umumta'lim maktablari va akademik litseylar fizika darslarini tashkil etishda qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
Keywords: fizika ta'limi, Paskal qonuni, Arximed qonuni, tajriba, laboratoriya mashg‘uloti, suyuqlik bosimi, ko‘taruvchi kuch, gidravlik mexanizm, faol ta'lim metodlari, fizik tafakkur.