30.07.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 7
Abstract. Mazkur maqolada aruz vaznini ona tili va adabiyot darslarida o‘qitishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Aruz vaznining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘quvchilarga tushunarli tarzda yetkazishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur yondashuvlar orqali o‘quvchilarning mumtoz adabiyotga qiziqishi, tahliliy fikrlashi hamda badiiy matnni anglash kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan.
Keywords: aruz vazni, mumtoz adabiyot, interfaol metodlar, bahr, rukn, ritm, badiiy tahlil, kompetensiyaviy yondashuv.