XORIJIY DAVLATLARDAGI POLITSIYA ORGANLARINI OMMAVIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH JARAYONIDAGI TAJRIBALARI TAHLILI

20.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2

Abstract. Ushbu maqolada rivojlangan xorijiy davlatlarning politsiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ommaviy tadbirlar jarayonida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida Yevropa (Buyuk Britaniya, Germaniya) va Osiyo (Janubiy Koreya, Yaponiya) mamlakatlarining ommaviy yig‘ilishlarni boshqarish modellari, ulardagi huquqiy tartibga solish mexanizmlari hamda politsiya xodimlarining taktik harakatlari o‘rganilgan. Xususan, xorijiy tajribadagi "risklarni oldindan baholash" (risk assessment), tadbir ishtirokchilari bilan muloqotga kirishishning "yumshoq" (soft approach) usullari hamda raqamli texnologiyalar (sun’iy intellekt, dronlar, intellektual videokuzatuv) orqali vaziyatni nazorat qilish amaliyoti yoritilgan. Maqolaning yakunida xorijiy tajribaning ijobiy jihatlarini milliy qonunchilik va huquqni muhofaza qilish tizimiga adaptatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Keywords: xorijiy tajriba, politsiya organlari, ommaviy tadbirlar, qiyosiy tahlil, risk-menejment, aqlli politsiya (smart policing), jamoat xavfsizligini boshqarish, tezkor taktikalar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor