25.07.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 7
Abstract. Ushbu maqolada geografik nomlarning tarixiy, madaniy va ilmiy ahamiyati, ularni saqlash hamda standartlashtirishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Geografik nomlar milliy merosning ajralmas qismi bo‘lib, hududlarning tabiiy-geografik, tarixiy va etnomadaniy xususiyatlarini aks ettiradi. Maqolada O‘zbekistonda geografik nomlarni standartlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida geografik nomlarni yagona me'yor asosida qo‘llashning ilmiy va amaliy ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Keywords: geografik nomlar, toponimika, standartlashtirish, milliy meros, geografik obyektlar, kartografiya, GIS, toponimik tadqiqotlar, geografik axborot, O‘zbekiston.