ALLERGIK RINIT: ETIOLOGIYA, PATOGENEZ, DIAGNOSTIKA VA ZAMONAVIY DAVOLASH YONDASHUVLARI

25.07.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 7

Abstract. Allergik rinit (AR) — tashqi allergenlar ta’sirida rivojlanadigan, burun shilliq qavatining IgE-vositali yallig’lanishi bilan kechadigan surunkali kasallik bo’lib, jahon miqyosida keng tarqalgan allergik kasalliklardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada allergik rinitning etiologik omillari, immunologik patogenezi, klinik tasniflash mezonlari, diagnostik yondashuvlar hamda zamonaviy davolash strategiyalari ilmiy adabiyotlar asosida keng tahlil qilingan. Kasallikning o‘z vaqtida aniqlanishi va to‘g’ri davolanishi bronxial astma va boshqa asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatilgan.

Keywords: allergik rinit, IgE, allergen, antihistamin preparatlar, immunoterapiya, burun shilliq qavati, atopiya, sensibilizatsiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor