15.07.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 7
Abstract. Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarning yuzaga kelish sabablari, ularning bank moliyaviy barqarorligiga ta’siri hamda kamaytirish mexanizmlari “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki misolida o‘rganilgan. Tadqiqotda kredit oluvchilarning moliyaviy holatini yetarli darajada baholamaslik, kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, garov ta’minotining likvidligi pastligi, monitoring jarayonlaridagi kamchiliklar va tashqi iqtisodiy omillar muammoli kreditlarning ko‘payishiga sabab bo‘lishi asoslangan. Shuningdek, bankning kredit portfelini diversifikatsiya qilish, zamonaviy skoring tizimlarini joriy etish, qarz oluvchilarning to‘lov qobiliyatini muntazam monitoring qilish, kreditlarni restrukturizatsiya qilish hamda muammoli qarzdorlik bilan ishlash tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilingan.
Keywords: tijorat banklari, muammoli kreditlar, kredit portfeli, kredit riski, kredit monitoringi, qarzdorlik, kredit skoringi, restrukturizatsiya, garov ta’minoti, moliyaviy barqarorlik, “Agrobank” ATB.