07.07.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 7
Abstract. Mazkur maqolada bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Buyuk Britaniya, Xitoy hamda Rossiya Federatsiyasida mazkur bojxona rejimini qo‘llashning huquqiy asoslari, ruxsatnoma berish mexanizmlari, bojxona nazorati, elektron axborot tizimlari, ekvivalent tovarlardan foydalanish hamda standart chiqish normalari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston amaliyotidagi mavjud muammolar aniqlanib, xorijiy tajriba asosida ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulay sharoit yaratish hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Keywords: bojxona hududida qayta ishlash, bojxona rejimi, Kioto konvensiyasi, ekvivalent tovar, bojxona nazorati, elektron bojxona, eksport, import, bojxona to‘lovlari, tashqi iqtisodiy faoliyat.